Foto: Picture Alliance
Turkiyaning Bayraktar TB2 jangovar dronlarini ishlab chiqaruvchi Baykar kompaniyasi Ukrainada bo‘linmasini ochdi va mamlakatda zavod qurishga tayyorlanmoqda, deb ma’lum qildi Ukrainaning Turkiyadagi elchisi Vasiliy Bodnar.
«"Baykar" kompaniyasi egasi Ukrainadagi kompaniyasini tashkil etdi, kompaniya yer uchastkasi sotib oldi. Ular zavod loyihasini ishlab chiqdi va uni yil oxiriga qadar amalga oshirishmoqchi»,— dedi Bodnar «RBK-Ukraina»ga bergan intervyusida.
Elchining aniqlik kiritishicha, aksariyat modellarga Ukrainada ishlab chiqarilgan butlovchi qismlar o‘rnatiladi.
«Bular dvigatellar, boshqa ehtiyot qismlar, g‘ildiraklar, dronlar ishlab chiqarishda foydalaniladigan boshqa narsalar bo‘lishi mumkin»,— dedi u.
2021 yil yanvarda SAHA EXPO mudofaa sanoati ko‘rgazmasida Baykar va Ukrainaning «Ivchenko-progress» konstruktorlik byurosi MUIS dronlari uchun dvigatellar yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin