Rossiya Ukrainada eng zamonaviy qurolini qo‘lladi

Rossiya Ukrainada eng zamonaviy qurolini qo‘lladi
7 avgust kuni Rossiya Vinnitsa viloyatidagi Ukraina marralariga gipertovushli raketa bilan zarba berdi. Bu haqda “RBK-Ukraina” xabar berdi.

Gap X-47M "Kinjal" raketasi haqida ketmoqda. U MiG-31 qiruvchi samolyotidan uchirilgan.

“Bu Rossiya ixtiyoridagi eng zamonaviy raketa. 2018 yilda qurollanishga qabul qilingandan keyin u bor-yo‘g‘i bir necha o‘n dona ishlab chiqarilgan. X-47Mning jangovar qismi 500 kgni tashkil etadi, uning tezligi soatiga 12 ming kilometrdan ortiq”, – deyiladi Ukraina harbiy-havo kuchlari tarqatgan xabarda.

Raketa uchirilgandan so‘ng dastlab atmosferaning yuqori qatlamlariga chiqadi. Ukraina havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari bu tizimga qarshi kurasha olmasligi ta’kidlangan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar