10:09 / 09.08.2022
1 426

Ukraina Mudofaa vazirligi sobiq rahbari davlatga xiyonatda gumon qilinmoqda

Ukraina Mudofaa vazirligi sobiq rahbari davlatga xiyonatda gumon qilinmoqda
Foto: RIA Novosti
Ukraina Mudofaa vazirligining sobiq rahbari Mixail Yejel 2010 yil aprelidagi «Xarkiv kelishuvlari» imzolanishini ma’qullagani va RFning Qrimni anneksiya qilishida «yordam bergani» munosabati bilan davlatga xiyonatda ayblanmoqda. Bu haqda 8 avgust, dushanba kuni Ukraina Davlat tergov byurosi (DTB) xabar berdi.

Sobiq vazir bir guruh shaxslar tarkibida (Ukraina JKning 28-moddasi 2-qismi, 111-moddasi 1-qismi) oldindan kelishuv asosida davlatga xiyonat qilganlikda gumon qilinmoqda. Jinoiy ish Ukraina Bosh prokuraturasi ofisining protsessual rahbarligi ostida yuritilmoqda.

Bir vaqtlar Ukraina HDKning bosh qo‘mondoni bo‘lgan admiral Kiyev va Moskva o‘rtasida RF Qora dengiz floti (QF)ning Ukraina hududida bo‘lishi to‘g‘risidagi kelishuvni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlar to‘plamini ma’qullagan, deb xabar berdi DTB.

Shu bilan birga, Mixail Yejel 2010 yil 21 aprelda Ukraina vazirlar mahkamasining ular muhokama qilingan yig‘ilishida qatnashmasdan, shuningdek, ular konstitutsiyaga va starna qonunlariga muvofiqligini majburiy huquqiy ekspertizadan o‘tkazmasdan turib, hujjat loyihalarini ma’qullagan, deyiladi bayonotda.

Davlat tergov byurosi 2014 yilda Qrim va Sevastopolning anneksiya qilinishiga RF QFning Ukrainada bo‘lgani va uning modernizatsiyasi hissa qo‘shgan, deb hisoblaydi.

2022 yil iyulida Viktor Yanukovich prezidentligi davrida Ukraina adliya vaziri bo‘lib ishlagan Aleksandr Lavrinovich va xuddi shu davrda TIVni boshqargan Konstantin Grishchenko davlatga xiyonatda ayblangan edi. Ayblovlar «Xarkiv kelishuvlari»ning imzolanishi bilan bog‘liq.

2021 yilda qidiruvda bo‘lgan Viktor Yanukovich va sobiq bosh vazir Nikolay Azarov davlatga xiyonat qilish bo‘yicha ayblov e’lon qilindi.

2010 yil 21 aprelda Xarkovda Yanukovich Ukraina nomidan Kiyev va Moskva o‘rtasida RF QFning Sevastopolda qolish muddatini 25 yilga uzaytirgan kelishuvni imzoladi. Kelishuvlar doirasida Ukraina uchun Rossiya gazining narxi pasaytirildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina Mudofaa vazirligi sobiq rahbari davlatga xiyonatda gumon qilinmoqda