3 651
Urushdan keyin Ukraina portidan chiqqan birinchi «Razoni» kemasidagi ukrain donidan xaridor voz kechdi
Foto: InfoResist
Xaridor Odessadan Livanning Tripoli portiga jo‘nab ketgan «Razoni» quruq yuk tashuvchi kemasi olib ketayotgan Ukraina makkajo‘xorisidan voz kechdi, deb yozadi Meduza Livandagi Ukraina elchixonasiga tayanib.
Diplomatik vakolatxona Twitter’ga «Razoni» suratini joylab, yuk yuboruvchi ma’lumotlariga tayangan holda, Livandagi xaridor yetkazib berish besh oydan ko‘proqqa kechikkani tufayli yukni qabul qilishdan bosh tortganini yozdi.
«Shu tariqa, yuk yuborivchi endi boshqa qabul qiluvchini qidirmoqda. U Livanda yoki boshqa mamlakatda bo‘lishi mumkin», — deya ma’lum qildi Ukraina elchixonasi.
«Razoni» kemasi Odessa portidan 1 avgust kuni chiqib ketgan edi. Bu Rossiya hujumidan keyin Ukraina portidan chiqqan va Ukraina mahsuloti ortilgan birinchi kema bo‘ldi. Kema Tripoliga 26 ming tonna makkajo‘xori olib ketdi. 7 avgustga kelib, u o‘zining dastlabki yo‘nalishini o‘zgartirdi. Ayni paytda kema Turkiya sohillari yaqinida, O‘rtayer dengizida turibdi, uning yangi manzili hozircha aniq emas.
Ukrainaga bostirib kirganidan keyin Rossiya Qora dengizda urushga qadar Ukraina oziq-ovqat eksportining asosiy markazlari bo‘lgan ukrain portlarini egallab oldi yoki yopib qo‘ydi.
22 iyul kuni Rossiya va Ukraina BMT va Turkiya vositachiligida ukrain doni eksportini Qora dengiz orqali — «Odessa», «Chernomorsk» va «Yujniy» portlaridan qayta tiklash haqida kelishib oldi.
Iyul oxirida Misr Ukrainadan 240 ming tonna don olishini ko‘zda tutuvchi shartnomalardan voz kechdi. Bu Misrga Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning tashrifidan keyin yuz berdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin