Sobiq prezident Donald Tramp dushanba kuni AQSHning Federal qidiruv byurosi xodimlari uning Mar-a-Lagodagi mulkiga reyd uyushtirib, seyfini buzib ochishganini ma’lum qilgan.
FQB Trampning uyini u Oq uyni tark etganidan keyin o‘zi bilan olib ketgan hujjatlar tufayli tintuv qilmoqda. Hujjatlarda maxfiy ma’lumotlar bo‘lishi mumkin.
Sobiq prezidentning so‘zlariga ko‘ra, uni hech kim tintuv haqida ogohlantirmagan. Tintuvning o‘zini Tramp «shart bo‘lmagan narsa» deb atadi. Sobiq prezident FQBni tartibni buzishda, «radikal so‘l demokratlar»ni (AQSH Demokratik partiyasi) esa huquq-tartibot tizimidan qurol sifatida foydalanishda ayblagan. Trampning fikricha, demokratlar «uning 2024 yilgi prezident saylovida qatnashishini umuman istamayapti».
AQSH Adliya vazirligi tintuv haqida izoh berishdan bosh tortdi. Tramp bayonotida buni reyd deb atagan va “katta FQB agentlari” ishtirok etganini aytgan. FQBning Vashingtondagi shtab-kvartirasi va uning Mayamidagi ofisi ham izoh berishni istamadi.
Sobiq prezidentning voyaga yetgan farzandlaridan biri Erik Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida Tramp Oq uydan o‘zi bilan olib kelgan hujjatlar qutilarini tintuv qilish haqida gapirib otasi bu borada Milliy arxiv bilan bir necha oydan beri hamkorlik qilib kelayotganini aytgan.
2021 yilning yanvar oyi boshida Vakillar palatasi saylov natijalarini ma’qullaydigan kuni Tramp tarafdorlari Vashingtonda mitingga yig‘ildi. Namoyishchilar Kapitoliyni egallab oldi, ularga qarshi ko‘zni yoshlatuvchi gaz va shovqinli granatalardan foydalanildi. To‘qnashuvlarda besh kishi halok bo‘lgan. Mazkur voqeada Bayden Trampni zo‘ravonlikka undaganlikda ayblagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi