2 240
Ukrainadagi urushning 168-kuni: Donbassda baqlajon yig‘imi, frontdagi ukrain askarlari (foto)
10 avgust kuni ukrain harbiylari Kaxova GES hududida Dnepr daryosidan o‘tgan ko‘prikka muvaffaqiyatli zarba berilganini ma’lum qildi. Rossiya qo‘shinlari ukrain shaharlarini o‘qqa tutishda davom etmoqda: Dnepropetrovsk oblastining Marganets shahrida kamida 13 kishi, Donetskning Baxmutida — 7 kishi halok bo‘ldi.
RF Davlat dumasining xalqaro munosabatlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Leonid Slutskiy RT uchun intervyusida Rossiya hukumati Ukrainaga bosqinni ifodalash uchun qo‘llayotgan «maxsus amaliyot» «qaytib bo‘lmas nuqtadan o‘tgani» va «har qanday shubhalarga qaramay davom ettirilishi»ni ma’lum qildi.
Quyida 10 avgust, urushning 168-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Dnepropetrovsk oblasti
Rossiya Dnepropetrovsk oblastidagi Marganets shahrini o‘qqa tutishi oqibatlari. 10 avgust kuni kechqurungi ma’lumotga ko‘ra kamida 13 kishi halok bo‘lgan, maktab binosi, turar joylar va boshqa fuqarolik ob’ektlari shikastlangan.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Dnepropetrovsk oblastidagi Marganets shahrida rossiyaliklar snaryadi kelib tushgan kvartira.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Zaporijjya oblasti
Zaporijjya oblastidagi qishloq hududida rossiyaliklar snaryadi kelib tushishidan hosil bo‘lgan o‘ra. Oblastdagi yirik shaharlar — Melitopol, Berdyansk hamda Zaporijjya AES joylashgan Energodar — bosqinning ilk kunlaridan buyon rossiyaliklar tomonidan ishg‘ol qilingan, Rossiya hukumati bu hududlar Rossiyaga qo‘shib olinishi bo‘yicha referendum o‘tkazmoqchi.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Mikolayiv oblasti
Mikolayivlik Angelina devordagi tirqishdan qaramoqda. Devordagi yoriq Rossiya harbiylarining shu kunlardagi zarbalari vaqtida hosil bo‘lgan.
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlari tanki Mikolayiv yaqinidagi front chizig‘ida. Mikolayiv oblasti rossiyaliklar bosib olgan Xerson oblasti bilan chegaradosh, ammo rossiyaliklar qo‘shini mart oyidagi yurishlarda Mikolayivni egallay olmagan. Port shahar Ukraina nazoratida qolmoqda, ammo deyarli har kuni rossiyaliklar tomonidan zarbaga uchramoqda.
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkiv oblasti
Xarkiv oblastidagi front chizig‘ida ZU-23-2 zenit qurilmasi boshqaruvidagi ukrain operatori. Rossiya bilan chegaradosh bo‘lgan oblast markazi (Xarkivdan Belgorodgacha masofa 80 kilometr) uchun janglarda rossiyaliklar muvaffaqiyatga erisha olmagan va may oyi o‘rtalarida ortga chekingan. Ammo shahar deyarli har kuni Rossiya tomonidan o‘qqa tutilmoqda. Oblast hududida lokal janglar davom etmoqda.
Vyacheslav Madiyevskyy / Reuters / Scanpix / LETA
Donbass shimoli
Ukraina qurolli kuchlari askarlari Donetsk oblastining Kramatorsk shahri yaqinidagi yo‘l chetida buzilib qolgan zirhli texnika yonida. Strategik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bu shahar Rossiya armiyasi uchun Donbassdagi muhim nishonlardan biridir.
David Goldman / AP / Scanpix / LETA
O‘t o‘chiruvchi Baxmutdagi ko‘p qavatli uyga rossiyaliklar snaryadi kelib tushgach kvartiralardan birida chiqqan yong‘inni o‘chirishga oshiqmoqda. Baxmut Donetsk oblasti ichkarisiga harakatlanayotgan Rossiya qo‘shinlari yo‘lida joylashgan va doimiy ravishda o‘qqa tutilmoqda.
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Soledarda qolgan aholi vakillari uylardan birining yerto‘lasida yashiringan. Shahar uchun og‘ir janglar ketmoqda. 10 avgust kuni «LXR» va «DXR» rasmiylari o‘z kuchlari Soledar va Baxmut atrofiga yetib kelgani haqida xabar qilishdi.
Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA
Donbassda front chizig‘idan bir necha kilometr masofadagi fermada baqlajon yig‘imi.
Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi