20:43 / 12.08.2022
7 526

Tolibon: bir haftada Tojikistonni egallab olishga qurbimiz yetadi

Tolibon: bir haftada Tojikistonni egallab olishga qurbimiz yetadi
Tolibon qo‘mondonlaridan biri Tojikistonni Afg‘oniston ichki ishlariga aralashishni to‘xtatmasa, ular bir hafta ichida respublikani egallashi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda Afg‘onistonning “Hashte subh” gazetasi o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.

“Tolibon” 217-armiyasining “Omariy” qo‘mondon o‘rinbosari Muhammad Hamza (Mulla Jan) Tahorga tashrif buyurgan Tolibon hukumati vazirlari huzurida shunday bayonot bergan.

Tolibon korpusi qo‘mondoni o‘rinbosari Dushanbeni “agar Tojikiston Afg‘onistonning ichki ishlariga aralashishni to‘xtatmasa, bir hafta ichida toliblar bu mamlakatni egallab olishi” haqida ogohlantirdi”, — deyiladi gazeta manbasi.

Mulla Janning bayonotiga Tojikiston rasmiylaridan hozircha hech qanday munosabat bildirilmagan. Bu Tolibonning Tojikistonni Afg‘oniston ichki ishlariga aralashmaslik haqida birinchi marta ogohlantirishi emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘oniston hududidan Tojikiston va O‘zbekistonga raketa uchirilgani haqidagi xabarlardan so‘ng Tojikiston o‘z chegaralarini to‘satdan hujumlardan himoya qilishni boshlagan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tolibon: bir haftada Tojikistonni egallab olishga qurbimiz yetadi