Rossiyaliklar ishg‘ol qilgan Nova Kaxovkadagi Kaxovka GES zarbalar oqibatida trubinalaridan birini o‘chirishiga to‘g‘ri kelgan — ukrain harbiylari dambadagi avtomobil ko‘prigiga zarba yo‘llaganini ma’lum qilgan. Ukraina va Rossiya tomoni yana bir bor Zaporijjya AES o‘qqa tutilishida bir-birini aybladi.
RF mudofaa vazirligi Donetsk oblastidagi Peski posyolkasi qo‘lga olinganini ma’lum qildi, hozircha bu borada mustaqil manbalar orqali tasdiqlangan ma’lumot yo‘q. Ukraina S&P Global Ratings va Fitch Ratings tomonidan mamlakatning aksariyat obligatsiyalari egalari qarzni to‘lashni ikki yilga kechiktirishga rozi bo‘lganidan keyin defolt reytingiga tushirildi.
Quyida 13 avgust kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Artilleriya duellari: Donbass va Mikolayiv
«LXR» artilleriyachilari 2A65 «Msta-B» gaubitsasidan Donetsk oblasti Baxmut rayonidagi Soledar yo‘nalishida o‘t ochishga tayyorlanmoqda.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Mikolayiv oblastidagi front chizig‘ida D-30 gaubitsasini boshqarayotgan ukrain artilleriyachisi.
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
«LXR» artilleriyachilari 2A65 «Msta-B» gaubitsasini raqibning Soledar yo‘nalishidagi pozitsiyasiga yo‘naltirmoqda. D-30 kabi 2A65 gaubitsasi ham SSSR davrida ishlab chiqilgan, ammo yirik kalibri (152 mm) va otish masofasi yuqoriligi (25 kilometrgacha) bilan ustunlik qiladi.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina artilleriyachilari D-30 gaubitsasini dushmanning Mikolayiv oblastidagi pozitsiyasiga yo‘naltirmoqda. D-30 — sovetlar davriga mansub 120 millimetrli gaubitsa bo‘lib, 15 kilometrga o‘t ochishi mumkin.
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
«LXR» kuchlari Soledar yo‘nalishida artilleriyadan o‘t ochmoqda
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrain artilleriyachilari Mikolayiv yaqinida turib o‘t ochmoqda
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Raketa zarbalari: Kaxovka GES va Kramatorsk
Xerson oblastidagi Kaxovka gidroelektrstansiyasi hududidagi vayrongarchilik. Stansiya direktori o‘rinbosari xabar qilishicha, GES Ukraina armiyasi tomonidan muntazam o‘qqa tutilishi oqibatida avariya rejimida ishlamoqda. Bu rejimda stansiya 115 MVt elektr energiya ishlab chiqarishi mumkin. Foto: Valeriy Sturit / TASS
Kramatorsk o‘qqa tutilishi oqibatida odam halok bo‘lgan joydagi qon dog‘lari. Shahar merining so‘zlariga ko‘ra, raketa zarbalari oqibatida uch kishi halok bo‘lib, 13 kishi yaralangan.
David Goldman / AP / Scanpix / LETA
Kramatorskda yashovchi Valentina Kondrateva (chapda) va uning qo‘shnisi. Kondrateva — shanbaga o‘tar kechasi yo‘llangan raketa zarbalari oqibatida yaralanganlardan biri.
David Goldman / AP / Scanpix / LETA
Kramatorskda yashovchi Olga Gurina snaryad parchalari tekkan uy devori oldida
David Goldman / AP / Scanpix / LETA
O‘t o‘chiruvchilar Baxmutga raketa zarbasi kelishi oqibatida chiqqan yong‘inni o‘chirishga urinmoqda. Donetsk oblastidagi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bu shahar Rossiya armiyasining sharqdagi Severodonetsk va Lisichansk egallangach asosiy nishoniga aylangan.
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Kramatorskda 13 avgust kuniga o‘tar kechasi yo‘llangan raketa zarbasidan hosil bo‘lgan krater
David Goldman / AP / Scanpix / LETA
Urush davridagi tinch hayot: Odessa va Dnepr
Dneprda (sobiq Dnepropetrovsk) maktabni oltin medallar bilan bitirgan o‘quvchilar uchun taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, marosim xavfsizlik nuqtayi nazaridan Dnepr metrosi bekatlaridan birida tashkillashtirilgan. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, bu yili Dneprda 255 nafar bitiruvchi oltin medallar bilan tamomlagan, bu avvalgi yildagidan ko‘proq.
Foto: Dnepr shahar kengashi
Vidolashuv: Bucha va Kramatorsk
Kramatorsk tunda raketa zarbasiga uchrashi oqibatida halok bo‘lgan Ivan Fartuxning yaqinlari uning uyida yig‘ilishdi. Kramatorsk meri so‘zlariga ko‘ra, zarba oqibatida uch kishi halok bo‘lib, 13 kishi yaralangan. Bir kun oldin ham Donetsk oblastidagi Ukraina nazoratida qolayotgan ikki asosiy shahardan biri bo‘lmish Kramatorskka 11 ta raketa uchirilgandi.
David Goldman / AP / Scanpix / LETA
Urushda qurbon bo‘lgan Anton Savitskiyning oila a’zolari harbiylardan Ukraina bayrog‘ini olishmoqda. Xayrlashuv marosimi Kiyev yaqinidagi Buchada o‘tkazildi. Foto: Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi