Markaziy Osiyo davlat prezidentlari rahbarlikdan ortib, Saudiya Arabistoniga tashrif buyurgan hamda Makka va Madina shaharlarida umra ibodatini amalga oshirgan.
Islom Karimov
O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov Makkaga tashrif buyurgan postsovet davlatlarining birinchi rahbari bo‘lgan. Marhum davlat rahbari 1992 yil aprel oyida Makkaga borgan. Unga marhum muftiy shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hamrohlik qilgan. Karimov muqaddas Ka’baning ichiga kirishga muvaffaq bo‘lgan.
Tashrif davomida Saudiya Arabistoni qiroli va ikki Muqaddas masjid xodimi Fahd bin Abdulaziz Islom Karimovga ka’bapo‘shning bir parchasini sovg‘a qilgan. Unga oltin iplar bilan «Oli Imron» surasining 97-oyati yozilgan. Keyinchalik Islom Karimov ushbu sovg‘ani Imom al-Buxoriy majmuasi muzeyiga topshirgan.
Nursulton Nazarboyev
Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev 1994 yilda Ar-Riyozga birinchi safarida Ka’bani ziyorat qilgan.
Emomali Rahmon
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ikki marta Ka’ba ichiga kirish baxtiga musharraf bo‘lgan. Davlat rahbari 2005 yil 5 dekabrda Saudiya Arabistoni podshohi ruxsati bilan Ka’baga kirgan.
Ikkinchi tashrifini 2016 yilning yanvar oyida amalga oshirgan. Prezident rafiqasi va farzandlari bilan Makkaga tashrif buyurib, u yerda umra ziyoratini ado etgan.
Almazbek Atambayev
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev 2014 yil dekabrida Saudiya Arabistoniga rasmiy tashrifi chog‘ida Makka shahrida umra ibodatini ado etgan. Tashrif davomida Atambayev musulmonlarning yana bir muqaddas shahri Madinaga ham tashrif buyurgan. U yerdagi payg‘ambar Muhammad alayhissalom masjidini ziyorat qilgan.
Sooronbay Jeenbekov
2019 yil dekabr oyida Qirg‘izistonning yana bir sobiq prezidenti Sooronbay Jeenbekov Saudiya Arabistoniga tashrifi buyurgan. U o‘shanda Makka shahrida umra ziyoratini amalga oshirgan.
Ota-o‘g‘il Berdimuhammedovlar
Turkmanistonning sobiq prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 2016 yilning may oyida Saudiya Arabistoniga tashrifida Makkaga borgan. U yerda vazirlar hamrohligida Masjidul Harom masjididagi muqaddas Ka’bani ziyorat qilgan.
Shundan so‘ng siyosatchi Madinaga uchib, u yerda payg‘ambar Muhammad alayhissalom masjidini ziyorat qilgan.
Turkmanistonning amaldagi prezidenti Sardor Berdimuhamedov yaqindagina — iyun oyi boshida umra ziyoratini amalga oshirdi. Umra ibodatini ado etgach, Sardor Berdimuhamedovga ka’bapo‘shdan parcha sovg‘a qilindi.
Qosim-Jomart Toqayev
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 24 iyul kuni Makka shahrida umra ziyoratini amalga oshirdi. Ushbu Prezident Ka’baga kirish sharafiga ham muyassar bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17-18 avgust kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyev ikki Muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz as-Saudning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga boradi. Davlat rahbari Makkai Mukarrama va Madinai Munavvarani ziyorat qilishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi