17:07 / 16.08.2022
3 414

So‘nggi temuriy imperatorning qismati va o‘limi

So‘nggi temuriy imperatorning qismati va o‘limi
Bahodir Shoh suddan keyin. Uning olingan yolg‘iz fotosurati. 1858 yil. The British Museum da saqlanadi.
Foto: Reddit.

1862 yilda Birma (hozirda Myanma) poytaxti Yangonda, yog‘ochdan yasalgan juda oddiy bir xonada, Angliyalik qo‘riqchi askarlar ko‘z ostida, 3-4 oila a’zolari oldida Baxodir Shoh Zafar jon berdi.

Ko‘proq so‘fiy pir va shoir sifatida nom orttirgan Bahodir Shoh 300 yil davomida Hindiston, Pokiston, Afg‘oniston va Bangladeshda hukm qilgan Temuriylar sulolasining eng oxirgi imperatori edi.

1837 yilga kelib Bahodir Shoh taxtga o‘tirganda Temuriy imperiyasi hududi kichrayib faqat Dehli va Dehli atrofi qolgandi, xolos.

Avrangzeb paytidan boshlab hududlar asta-sekin Angliya qo‘liga o‘tib, ayrimlari esa mustaqil va yarim mustaqil bo‘lib avvalgi imperiyaning soyasida qolgandi.

1857 yili Britaniya qo‘l ostidagi yerlarda hind askarlari isyon qilishadi. Meyerutda boshlangan qo‘zg‘olon Dehli, Laknav, Agra, Kanpurga tarqaladi. Isyonchilar Bahodir Shohni o‘zlariga bosh deb elon qilishadi, yani Britaniyadan voz kechib Bahodir Shoh hukmdorligiga o‘tmoqchi bo‘ladilar.

Britaniya esa sikxlarni va afg‘onlarni olib kelib qo‘zg‘olonni 1858 yilda bostiradi.

Britaniya shundan keyin Bahodir Shohni hibsga olib, sud qilib, Britaniya qo‘l ostidagi Birmaga, harbiy qamoqxonasiga olib boradi. Eng oxirgi temuriy imperator o‘sha yerda, 1862 yilda vafot etadi.

Vafotidan keyin Angliya Bahodir Shoh qabrdan turib ham isyonlarga bosh bo‘lmasin deb hech kim bilmaydigan joyda sirli ravishda dafn qiladi. Qabrini yashirishadi, hech qanday belgi qo‘yilmaydi.

Qabr uzoq ilmiy izlanishlardan keyin 1991 yilda topiladi.

Hozirda Bahodir Shoh qabri maqbaraga va dargohga (hind-urdu tillarida ziyoratgoh degani) aylantirilgan.

Mahalliy Myanma musulmonlari kunda, boshqalar kunora ziyoratga borishadi va Bahodir Shoh Zafarni nafaqat oxirgi temuriy imperator, balki, so‘fiy pir va shoir sifatida ham eslashadi.

Shavqu Rajabov.
Encyclopedia Britannica, BBC History ma’lumotlaridan foydalanilgan

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » So‘nggi temuriy imperatorning qismati va o‘limi