1 439
Ukrainadagi urushning 173-kuni: Nikopolga zarbalar, Donetskda yana xorijlik asirlar sud qilinmoqda (foto)
15 avgust kuni «DXR» sudida Ukraina tomonida urushib asir tushgan besh nafar xorijlikka ayblov e’lon qilindi. Ularning uch nafariga o‘lim jazosi tahdid solmoqda. Zaporijjya oblastining Rossiya ta’siridagi «yangi hukumati» vakillari Zaporijjya AES atrofida sukunat rejimi o‘rnatishni taklif qildi: tomonlar bir-birini ushbu hududni o‘qqa tutishda ayblab kelmoqda. Belgorod oblasti hukumati xabar qilishicha, chegara hududidan besh kilometr masofada joylashgan maktablarda 1 sentabrdan masofadan o‘qitish joriy etiladi. Ukraina Oliy Radasi mamlakatda harbiy holat va umummilliy safarbarlik rejimini yana 90 kunga — 2022 yil 21 noyabriga qadar uzaytirdi.
Quyida 15 avgust, urushning 173-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Xarkiv
Xarkivlik ayol turar joy binosiga zarba oqibatida maydonda sochilib ketgan parchalardan oyoqlari shikastlanmasligi uchun o‘z kuchugini ko‘tarib olgan. Shahar meri Igor Terexov rossiyalik harbiylar 15 avgust tongida Saltovka rayoniga zarba yo‘llaganini xabar qildi. Hujum natijasida olti kishi yaralangan, bir ayol shifoxonada vafot etgan. Foto: Vasily Zhlobsky / EPA / Scanpix / LETA
Dnepropetrovsk oblasti
Dnepropetrovsk oblastining Nikopol shahri o‘qqa tutilishi vaqtida vayron bo‘lgan kvartirasida turgan kishi. 15 avgust kuni shahar o‘qqa tutilgani haqida Krivoy Rog ma’muriyati rahbari Oleksandr Vilkul xabar bergan: Nikopolga «Grad» tizimi orqali 20 ta raketa uchirilgan, hujum oqibatida shikastlanganlar bo‘lmagan. Foto: Kostiantyn Liberov / AP / Scanpix / LETA
Donbass shimoli
Donetsk oblastidagi front chizig‘ida okopda joylashgan Ukraina qurolli kuchlari harbiylari. Ukraina hukumati vakillari avgust oyi o‘rtalariga kelib RF armiyasi Donetsk va Luhansk oblastlari chegaralarida muvaffaqiyatga erisha olmayotganini ma’lum qilgan. Rossiyalik harbiylar Lisichansk va Severodonetskni egallagach, Baxmut va Seversk yo‘nalishlarida hujum qilishda davom etmoqda, ammo bunda sezilarli muvaffaqiyatga erisha olishmayapti.
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Donetsk oblastidagi front chizig‘idagi pozitsiyada turgan ukrain harbiylari
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Donetsk
Buyuk Britaniya fuqarosi Jon Harding 2022 yil mayida rossiyaparast kuchlar tomonidan asir olingan, u Donetskda sud qilinmoqda. BBC News xabariga ko‘ra, Harding 2018 yilda «Azov» polkiga a’zo bo‘lgan va u yerda paramedik sifatida xizmat qilgan. Uni «yollanma jangchi sifatida harbiy harakatlarda ishtirok etish va hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallab olish uchun tahsil olish»da ayblashgan. Unga va urushda Ukraina tomonida harakat qilgan yana ikki xorijlikka o‘lim jazosi tahdid solmoqda. Foto: Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Jon Harding Donetskdagi sud majlisi oldidan
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Xorvatiya fuqarosi Vekoslav Prebeg, britaniyaliklar Dilan Hili va Jon Harding, Shvetsiya fuqarosi Matias Gustavsson hamda yana bir britaniyalik Endryu Hill Donetskdagi sud majlisi chog‘ida. Gustavsson, Prebeg va Harding «yollanma jangchi sifatida harbiy harakatlarda ishtirok etish va hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallab olish uchun tahsil olish»da ayblashmoqda. Ularga o‘lim jazosi tahdid soladi. Hill va Hiliga mos ravishda «yollanma jangchi sifatida harbiy harakatlarda ishtirok etish» va «yollanma askarlarni yollash» bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan. «DXR» jinoyat kodeksiga ko‘ra Hill yetti yilga, Hili esa sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Foto: Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi