08:30 / 17.08.2022
1 055

Ukrainada urush boshlanganidan beri 5,5 ming nafar oddiy fuqaro halok bo‘ldi

Ukrainada urush boshlanganidan beri 5,5 ming nafar oddiy fuqaro halok bo‘ldi
Foto: «Anadolu Agency»
Ukrainada urush boshlangan 24 fevraldan beri halok bo‘lgan tinch aholi vakillari soni 5,5 ming nafarga yetdi. Bu haqda BMT xabar berdi.

Qurbonlar: erkaklar — 2 125 nafar, ayollar — 1 451 nafar, qiz bolalar — 147 nafar, o‘g‘il bolalar — 170 nafar. Shuningdek, janglar oqibatida vafot etgan 39 bola va 1 582 nafar katta yoshlilarning jinsi hozirgacha aniqlanmagan.

Avgust oyining dastlabki ikki haftasida halok bo‘lgan oddiy fuqarolar — 144 nafar.

Aslida qurbonlar soni yuqoridagidan ancha ko‘p bo‘lishi mumkin, chunki janglar qizg‘in ketayotgan hududlardan ma’lumot olish qiyin kechmoqda, deyiladi BMT bayonotida.

Mariupol shahar kengashi ma’lumotiga ko‘ra, urush to‘liq yakson qilgan bu shaharning o‘zida halok bo‘lganlar soni qariyb 20 ming nafarni tashkil etishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainada urush boshlanganidan beri 5,5 ming nafar oddiy fuqaro halok bo‘ldi