21:43 / 17.08.2022
1 370

Ukrainadagi urushning 174-kuni: Qrimdagi yong‘inlar, hali urushdan bexabar baxmutlik ayol (foto)

Ukrainadagi urushning 174-kuni: Qrimdagi yong‘inlar, hali urushdan bexabar baxmutlik ayol (foto)
16 avgust kuni Qrim shimolidagi o‘q-dorilar saqlangan omborda davomli portlashlar sodir bo‘ldi. Elektrostansiya, temiryo‘l, shuningdek, aholi turar joylari ham shikastlangan. Rossiya mudofaa vazirligi ukrainlar tomonidan diversiya uyushtirilganini ma’lum qildi, Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Mixail Podolyak esa bunday «diversiya»lar soni oshishda davom etishini aytdi.

Ukrainada maktab dasturidan rus tili va rus adabiyoti chiqarib tashlandi, tarix bo‘yicha kurslarga esa «rashizm» atamasi qo‘shildi. Finlandiya sentabrdan rossiyaliklar uchun turistik vizalar berishni o‘n baravarga kamaytirmoqchi. Latviyadagi hukmron koalitsiya rossiyaliklar uchun berilgan rezidentlik kartalari ayrim holatlardagina uzaytirib berilishi bo‘yicha kelishib oldi.

Quyida 16 avgust kuni, urushning 174-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Kunning asosiy voqeasi. Qrimda yongan harbiy omborxonalar

Mayskoye aholi punkti (Qrimning Jankoy rayoni)dagi harbiy omborlar hududida yong‘in tutuni. Portlashlar tonggi soat oltida boshlangan va bir necha soat davom etgan
Sergey Malgavko / TASS


Rossiya harbiylari, politsiyachilar, FVV xodimlari Azovskoye posyolkasida (u Mayskoyega yondosh joylashgan). Shu kuni, 16 avgustda, Jankoyda transformator nimstansiyasi ham yonib ketdi. Foto: Sergey Malgavko / TASS

Azovskoye posyolkasida avtobus orqali evakuatsiya qilinayotgan bolalar. Mahalliy rasmiylar harbiy omborlardagi portlashlardan keyin aholini xavfsiz joyga ko‘chirishga qaror qilgan. Qrim rahbari Sergey Aksenovning so‘zlariga ko‘ra, atrofdagi besh kilometrlik hududida yashovchi odamlar qo‘shni qishloqlardagi maktablarga joylashtirilgan. Jami uch ming kishi evakuatsiya qilingan. Foto: Sergey Malgavko / TASS
Donbass shimoli

Donbass, Udachnoye stansiyasi. G‘arbiy Ukrainaga ketayotgan evakuatsiya poyezdidan qarayotgan qizaloq. Ukraina hukumati iyul oyida Donetsk oblastidan majburiy evakuatsiya boshlanishini e’lon qilgandi. Oblastning Ukraina nazoratida qolgan qismida gaz quvurlari buzilib ketgan, shu tufayli qishda isitish tizimi ishlamaydi
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA


Ukraina armiyasi kapitani Svetlana (chapda) va ko‘ngilli harbiy Irina (o‘ngda) Donbassdagi front chizig‘ida. Ukraina qurolli kuchlarida 50 mingdan ortiq harbiy xizmat qiladi, shundan besh mingdan ortig‘i — frontda.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press


Donbassdagi Baxmut yaqinida rossiyaliklardan o‘lja olingan BTRda ketayotgan ukrain harbiylari. 16 avgust kuni ham Rossiya qo‘shini Baxmutga yurish qilishda davom etdi. Foto: Nacho Doce / Reuters / Scanpix / LETA

Slovyansk o‘qqa tutilishi oqibatida yong‘in chiqqan uyda leyka (suv sochadigan jo‘mrakli chelak) bilan olovni o‘chirishga urinayotgan erkak. Shahar meri Vadim Lyax 16 avgustga o‘tar kechasi Slavyanskka zarbalar yo‘llanganini ma’lum qildi — bir necha mikrorayonlar va pedagogika universiteti yotoqxonasi jabrlangan. Qurbonlar haqida xabar berilmagan.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press


Kramatorskdagi uyi o‘rnida cho‘kkalab o‘tirgan kishi. Bu videoda tungi zarbalar vaqtida aholi uylari vayron bo‘lganini ko‘rish mumkin. Kramatorsk meri Oleksandr Goncharenko qurbonlar bo‘lmaganini xabar qilgan
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press


Kramatorskdagi vayron bo‘lgan uylar orasida itini sayr qildirayotgan ayol
David Goldman / AP / Scanpix / LETA


96 yoshli Mariya Tkachenko Baxmut yaqinidagi uyida karavotda yotibdi. Uning uyi front chizig‘idan 20 kilometr masofada joylashgan. Nabiralarining so‘zlariga ko‘ra, Mariya urush boshlangani haqida hech narsa bilmaydi — qarindoshlari unga harbiylar mashg‘ulot o‘tkazayotganini aytishgan.
Nacho Doce / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainadagi urushning 174-kuni: Qrimdagi yong‘inlar, hali urushdan bexabar baxmutlik ayol (foto)