10:00 / 18.08.2022
1 421

Turkiya va kurd bo‘linmalari o‘rtasida to‘qnashuvlar kuchaymoqda

Turkiya va kurd bo‘linmalari o‘rtasida to‘qnashuvlar kuchaymoqda
Seshanba kuni Suriya shimolidagi Kobani shahrida Turkiya harbiylari va kurd bo‘linmalari o‘rtasida otishma sodir bo‘ldi. Oqibatda bir nafar tinch aholi vakili otishma qurboniga aylangan.

Kobanidan 25 kilometr uzoqlikda joylashgan Turkiyaning Shanliurfa viloyatida bir nafar turk askari halok bo‘lgan, to‘rt nafari jarohatlangan. Turkiya mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ular turgan chegara posti minomyotdan o‘qqa tutilgan. Anqara bu harakat kurd o‘zini o‘zini mudofaa qilish bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilganini aytmoqda.

Kobaniga artilleriya zarbalari berilgan. Oqibatda bir nafar bola halok bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 13 terrorchi yo‘q qilingan. Mintaqadagi harbiy amaliyot davom ettiriladi”, – deyiladi Turkiya mudofaa vazirligi xabarida.

Anqara Suriya shimoli va sharqidagi yarim mustaqil kurd bo‘linmalarini o‘z milliy xavfsizligiga tahdid sifatida ko‘radi. Bir necha oy oldin Rajab Toyyib Erdog‘an Suriya shimolida 30 kilometrlik xavfsizlik zonasini yaratish maqsadida harbiy operatsiya o‘tkazilishini ma’lum qilgandi.

2015 yilda kurd bo‘linmalari AQSH ko‘magida Kobanidan ISHID bo‘linmalarini siqib chiqaradi. shundan keyin shaharda barqarorlik o‘rnatilgan. Ammo so‘nggi vaqtlarda Turkiya bilan to‘qnashuvlar ko‘paydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya va kurd bo‘linmalari o‘rtasida to‘qnashuvlar kuchaymoqda