1 510
Ukrainadagi urushga Rossiya tergov izolatorlaridagi mahbuslar yollanayotgani ma’lum qilindi
Foto: «TASS»
Rossiyada Ukraina hududidagi jangovar harakatlarda qatnashish uchun tergov izolatorlarida saqlanayotgan gumonlanuvchilar va ayblanuvchilarni yollash boshlandi. Bu haqda mahkumlar va ularning oilalariga yordam beruvchi «Rus sidyashchaya» xayriya jamg‘armasi asoschisi, huquq himoyachisi Olga Romanova ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.
Romanovaning so‘zlariga ko‘ra, bunday hollarda jinoyat ishlari to‘xtatiladi. Huquq himoyachisi Podmoskovedagi bir nechta tergov izolatorlarida bo‘lgan muayyan holatlardan xabardor ekanini ta’kidladi, ammo bu «hammada joyda boshlangan bo‘lishi kerak», deb taxmin qildi.
«Gulagu.net» loyihasi asoschisi Vladimir Osechkin shunday amaliyot mavjudligini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, loyihaning ishonch telefoniga Moskva shahri va viloyati, Sankt-Peterburg, Ryazan, Tver va Bryanskdagi shunday holatlar haqida ma’lumot kelib tushgan.
OAVlarda iyul boshida Vagner xususiy harbiy kompaniyasi Rossiya koloniyalaridagi mahbuslarni yollayotgani haqida xabarlar paydo bo‘la boshladi. Kompaniya vakillari mamlakatning 13 ta mintaqasidagi 21 ta koloniyada borgani xabar qilingan.
«Mediazaona» ma’lumotlariga ko‘ra, mahbuslar orasida tashviqot olib borish uchun biznesmen Yevgeniy Prigojinning shaxsan o‘zi ham borgan, u Vagner xususiy harbiy kompaniyasi egasi hisoblanadi. Jangovar harakatlarda qatnashish evaziga mahbuslarga 100 ming rubl maosh, mukofot pullari, ular halok bo‘lgan taqdirda, oilalariga to‘lovlar, shuningdek, yakunda aministiya va’da qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi