Kecha, 17 avgust kuni rus qo‘shinlari Xarkovning Saltovskiy tumanidagi yotoqxonaga hujum qildi. Mahalliy hokimiyat bergan ma’lumotga ko‘ra, aviazarba oqibatida 7 kishi halok bo‘lgan, 18 kishi yaralangan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kechki nutqida bu hodisani «tajovuzkorning ojizligini ko‘rsatadigan tinch aholiga nisbatan ayovsiz va pastkashlarcha qilingan zarba» deb atadi.
«Xarkovning Saltovkasi og‘riqli joyimiz bo‘lib qolyapti. Butun Ukraina uchun, Xarkov uchun og‘riqli... Yotoqxonaga aviazarba berildi... Bino butunlay vayron bo‘ldi. Halok bo‘lganlar va jarohat olganlar haqida ma’lumot to‘playapmiz», – degan Volodimir Zelenskiy.
U, shuningdek, «kechirmaymiz, biz qasos olamiz», deya qo‘shimcha ham qilgan.
Ma’lumot uchun, Ukraina rahbari bugun Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan Zaporoje atom elektr stansiyasidagi vaziyat bo‘yicha uch tomonlama muzokaralarga hozirlik ko‘rmoqda. Antoniu Guterrish allaqachon Ukrainaga yetib kelgan. Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi