RF bilan muzokaralar faqatgina Rossiya qo‘shinlari Ukrainani to‘liq tark etgan taqdirdagina o‘tkaziladi. Bu haqda Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.
Kecha Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Lvovda Zelenskiy va Guterrish bilan uch tomonlama muzokaralar o‘tkazdi. U muloqot davomida diplomatik jarayonni qayta tiklashni taklif qilgan.
“Meni ularning tinchlikka tayyorligi haqida gaplari hayron qoldiradi. Har kuni o‘ldiradigan, zo‘ravonlik qiladigan, bizning shaharlarimizga qanotli raketalar bilan zarbalar beradigan odamlar tinchlikka erishishni istamaydi. Avvalo ular bizning hududimizni tark etishi kerak”, – degan Zelenskiy.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish g‘alla kelishuviga to‘xtalgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu kelishuvdan so‘ng dunyo bozorida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxi 9 foizga pasaygan. Shu bilan birga bosh kotib hali ancha ishlar amalga oshirilishi zarurligini, ishlab chiqarish zanjirlari uzilganini ta’kidlagan.
Bundan tashqari, Guterrish Zaporoje AES atrofini demilitarizatsiya qilishga chaqirgan. RF TIV bunga javoban, ushbu taklifni amalga oshirish imkonsiz ekanini ma’lum qilgan.
Turkiya yetakchisi ham AES atrofida janglar ketayotganidan xavotir bildirgan.
“Biz yana bir Chernobil halokatini istamaymiz. Turkiya ushbu nizo diplomatik yo‘l bilan tugallanishi uchun barcha ta’sir vositalarini ishga solmoqda. Biz ukrainalik do‘stlarimiz yonidamiz”, – degan Erdog‘an.
Bundan tashqari, u Lvovda ko‘tarilgan ko‘plab masalalar Rossiya bilan muhokama qilinishi zarurligini va bu bo‘yicha Putin bilan muloqot o‘tkazishini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin