Rossiyalik taniqli siyosatshunos Aleksandr Duginning qizi Darya Dugina Moskva viloyatida avtomobil portlashi oqibatida halok bo‘ldi.
Rossiya matbuotiga ko‘ra, Odinsovo shahrida Dugina boshqaruvidagi yo‘ltanlamas portlab ketgan. OAVning qayd etishicha, mashina Duginning o‘ziga tegishli bo‘lgan.
Portlash sabablari haqida hozircha rasmiy ma’lumot yo‘q. Portlash uning Rossiya prezidenti Vladimir Putinning “miyasi” sifatida ta’riflangan otasiga qilingan suiqasdmi yoki yo‘qligi ham noma’lum. Darya Dugina, otasi singari, jurnalistika, falsafa va siyosatshunoslik bilan shug‘ullangan.
Taxminlarga ko‘ra, Toyota Land Cruiser avtomobiliga portlovchi moslama o‘rnatilgan bo‘lib, unda portlash oqibatida siyosatshunos va jurnalist Darya Dugina halok bo‘lgan, deb xabar berdi RF Tergov qo‘mitasi. Tergovchilar Dugina bo‘lgan mashinani portlatib yuborganidan keyin umumiy xavfli usulda sodir etilgan qotillik moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
"Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 20 avgust kuni soat 21:00 atrofida Odinsovo shahar tumanida, Bolshiye Vyazemi qishlog‘i yaqinida, katta tezlikda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘lida Toyota Land Cruiser rusumli avtomobilga o‘rnatilgan portlovchi moslama katta tezlikda ishlagan va keyin mashina yonib ketdi. Haydovchi qiz voqea joyida vafot etdi. Marhumning shaxsi aniqlandi, bu – jurnalist va siyosatshunos Darya Dugina", - deyiladi Tergov qo‘mitasi xabarida.
Ma’lumot uchun: Aleksandr Dugin faylasuf, siyosatshunos, publitsist, professor, neoyevrosiyoliklar falsafiy va siyosiy harakatining asoschisi. 2015 yilning mart oyidan beri u Ukrainadagi voqealar tufayli AQSH sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilgan. Bundan tashqari, Kanada va Avstraliya Duginga qarshi sanksiyalar kiritdi.
Darya uning faylasuf Natalya Melenteva bilan ikkinchi turmushidan bo‘lgan qizi. 1992 yilda tug‘ilgan, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining falsafa fakultetini tamomlagan va Xalqaro Yevroosiyo harakatining siyosiy kuzatuvchisi bo‘lib ishlagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi