Haqqin.az
Ayrim xorij OAVlariga ko‘ra, Turkiya va Suriya o‘rtasidagi o‘n yildan ko‘proq vaqt oldin uzilgan ikki tomonlama munosabatlarni qayta tiklash uchun faol tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Turkiya matbuoti Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning Suriya rejimi rahbari Bashar al-Assad bilan uchrashuvi Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) sammiti doirasida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi mumkinligini yozyapti.
Ma’lumki, Turkiya SHHTga a’zo emas. Biroq yaqinda Sochida bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida Prezident Erdo‘g‘on Rossiya prezidenti Vladimir Putindan Toshkent sammitiga taklifnoma oldi. Anqaradagi xabardor manbalarga ko‘ra, Erdo‘g‘on uni qabul qilgan.
Haqqin.az nashrining Damashq universiteti professori Mehmet Yuvaga tayanib xabar berishicha, SHHT sammitiga Suriya prezidenti Bashar Asad ham taklif etilgan.
«Shu tariqa, Erdo‘g‘on va Asad o‘rtasidagi shaxsiy uchrashuv ehtimoli juda real ko‘rinadi. Ayniqsa, so‘nggi paytlarda Turkiya ommaviy axborot vositalarida Moskva vositachiligida Erdo‘g‘on va Asad uchrashuvini tashkil etish bilan bog‘liq maxfiy muzokaralar haqida xabarlar paydo bo‘layotgan edi.
Erdo‘g‘onning o‘zi ham Suriya rasmiylari bilan yashirin muzokaralar olib borilganini inkor etmay, Kiyevdan Anqaraga ketayotib, unga hamrohlik qilayotgan jurnalistlarga «mamlakatlar o‘rtasidagi siyosiy muloqot va diplomatiyani butunlay to‘xtatib bo‘lmasligini, bunday muloqot zarur va u doimo mavjud bo‘lishi»ni ta’kidlagan», – deyiladi nashrda.
Eslatib o‘tamiz, Suriyada 2011 yildan beri davom etayotgan fuqarolar urushi davrida Turkiya Suriya muxolifatini doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlab, Bashar Asad hukumatini qonuniy deb tan olishdan bosh tortib keladi.
Ma’lumot uchun, SHHTning navbatdagi sammiti joriy yil 15 – 16 sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi