13:30 / 23.08.2022
2 349

FSB jurnalist Duginaning qotilini aniqladi (video)

FSB jurnalist Duginaning qotilini aniqladi (video)
Rossiya Federal Xavfsizlik xizmati yakshanba kuni qurbon bo‘lgan jurnalist Darya Duginaga suiqasd uyushtirgan shaxsni aniqladi.
Ushbu jinoyat Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan tayyorlangan va sodir etilgan.

U️ning ijrochisi - Ukraina fuqarosi Vovk Natalya Pavlovna (1979 yilda tug‘ilgan) - 2022 yil 23 iyulda qizi Shaban Sofiya (2010 yilda tug‘ilgan) bilan birga Rossiya hududiga kirib kelgan. Daryaning turmush tarzi haqida ma’lumot to‘plash uchun u Moskvada marhum yashagan uyda kvartira ijaraga olgan.

Qotillik sodir bo‘lgan kuni, 21 avgustda u qizi bilan "Traditsiya" festivalida bo‘lgan. Masofadan turib boshqariluvchi bomba portlatilganidan so‘ng u Pskov orqali Estoniyaga chiqib ketgan.

Jurnalistni kuzatish uchun jinoyatchilar Mini Sooper rusumli avtomashinadan foydalangan, Rossiyaga kirishda ular Ye982XN DPR - DXR avtoraqamlaridan foydalanishgan. Moskvada – Qozog‘iston raqamlari – 172AJD02, chiqish vaqtida esa – Ukraina raqamlaridan foydalangan – AN7771IP.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham marhum Darya Duginaning oilasiga hamdardlik bildirdi.

"Yovuz, shafqatsiz jinoyat - mehribon, hamdard va iste’dodli shaxs, chinakam rus qalbiga ega bo‘lgan iste’doshli jurnalist, olim, faylasuf, va harbiy muxbir Darya Duginaning umrini zomin qildi. U xalqqa, Vatanga halol xizmat qildi, u Rossiyaning haqiqiy vatanparvari qanday bo‘lishi kerakligini amalda isbotladi", - deb yozgan Rossiya prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, 21 avgust tunda Moskva viloyatida Darya Duginaning avtomobili masofadan turib portlatib yuborilgan edi. Mutaxassislar aytishiga ko‘ra, ushbu suiqasd aslida Daryaning otasi faylasuf Aleksandr Duginga qarshi uyushtirilgan. U tasodif tufayli so‘nggi daqiqada boshqa avtomobilda shaharga qaytishga qaror qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » FSB jurnalist Duginaning qotilini aniqladi (video)