Makron «to‘kin-sochinlik davri» tugaganini aytdi

Makron «to‘kin-sochinlik davri» tugaganini aytdi
Foto: Reuters
To‘qin-sochinlik, isrofgarchilik davri tugadi, dedi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron hukumat yig‘ilishida.

«Global isish oqibatlari borgan sari kuchliroq sezilmoqda. Bu yilgi qurg‘oqchilik rekord darajaga yetdi», - dedi Makron.

«Biz yillar davomida arzon, bitmas-tuganmas oziq-ovqatlar, yer, xomashyo, suv to‘kin-sochinligi deb atalgan davrning oxiridamiz», - deya qo‘shimcha qildi u.

Makronning fikricha, Fransiya va Yevropa uchun yangi davr boshlandi.

Fransiya prezidenti hukumatni tegishli choralar ko‘rishga, hushyor bo‘lishga va zimmasidagi majburiyatni bajarishga chaqirdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar