Rossiyalik siyosatshunosning fikricha, Ozarbayjonning Rossiya uchun ahamiyati so‘nggi yillarda o‘sib bormoqda va hozirgi xalqaro, geosiyosiy o‘zgarishlar fonida o‘sishda davom etadi.
Siyosiy tadqiqotlar instituti direktori Sergey Markov «Moskva-Boku» portaliga izoh berib, Rossiya Qorabog‘siz Armanistonni ittifoqchi deb bilishini ma’lum qildi.
– Rossiya Armanistonga turli sohalardagi hamkorlik doirasida yordam berishga tayyor va bu ish davom etyapti. Lekin Qorabog‘ga da’volarida emas. Nima uchun Rossiya Armanistonni Qorabog‘siz tasavvur qiladi? Armaniston Qorabog‘ va uning atrofidagi 7 ta hududni noqonuniy ravishda egallab olgani uchungina emas, balki xalqaro huquqqa ko‘ra haqiqat Ozarbayjon tomonida va Ozarbayjonning Rossiya uchun ahamiyati so‘nggi yillarda oshib borayotgani va bundan keyin ham shunday bo‘lishi ham sabab bo‘ladi. Vaziyat hozirgi xalqaro, geosiyosiy o‘zgarishlar fonida faqat o‘sib boradi.
Rossiya va Ozarbayjon rahbarlari ittifoqchilarning o‘zaro hamkorligi to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzolaganlari bejiz emas.
Shuning uchun Armanistonda Rossiyadan norozilik tobora kuchayib bormoqda. Va bu turli qarashdagi, qarama-qarshi kuchlar tomonidan ham yuz bermoqda. Armaniston rasmiylari Rossiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 2 yil oldin erishilgan kelishuvlarda ularga yoqmayotgan narsalarni ayta olmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi