Foto: AA
Lochin shahri hamda Zabux va Sus qishloqlari Tog‘li Qorabog‘ni Armaniston bilan bog‘lovchi Lochin yo‘lagida joylashgan. Ozarboyjon prezidenti ular Boku nazoratiga o‘tganini bildirdi.
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning ma’lum qilishicha, Ozarboyjon qo‘shinlari Tog‘li Qorabog‘ chekkasidagi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Lochin shahri (arman tilida – Berdzor) va unga yaqin joylashgan ikki qishloq – Zabux (Axavno) va Susga kirib kelgan. Bu haqda u 26 avgust, juma kuni Twitter’da yozgan.
Lochin Armaniston va Tog‘li Qorabog‘ o‘rtasidagi asosiy bo‘g‘in bo‘lib xizmat qilgan yo‘lda joylashgan bo‘lib, u 2020 yilda urush tugaganidan keyin Rossiya tinchlikparvar kuchlari nazoratiga o‘tdi va «Lochin yo‘lagi» deb nom oldi. Rossiya mintaqaga 2000 ga yaqin askarini yuborgan.
Moskva vositachiligida Yerevan va Boku imzolagan kelishuvga ko‘ra, o‘shanda Lochin tumani Ozarboyjon nazoratiga o‘tgan.
Imzolangan sulhga ko‘ra, uch yil ichida Armaniston Lochinni undagi yo‘l bilan birga Ozarboyjonga qaytarishi kerak. Qorabog‘lik armanlar esa Armanistonga boshqa yo‘l orqali borishi belgilanadi. Bu yo‘l hali qurilgani yo‘q. Boku armanlarni bu kelishuvni bajarmaslikda ayblaydi. Chunki yo‘lning Ozarboyjon qurishi kerak bo‘lgan qismi allaqachon qurib bitkazilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi