Foto: «TASS»
Coca-Cola Rossiyada flagman ichimligini «Dobriy kola» brendi ostida sotadi. Bu haqda «Teremok» fastfud tarmog‘i asoschisi Mixail Goncharov ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.
Goncharovning so‘zlariga ko‘ra, uning tarmog‘i Coca-Cola kompaniyasidan tegishli bildirishnomani olgan. «Biz uni sotishga harakat qilib ko‘ramiz», — dedi biznesmen Rossiya bozorida «kola asosidagi» boshqa ichimliklar ham borligini ta’kidlab.
Biznesmen sotuvlar «Dobriy» sokining taniqliligi asosiga qurilishini taxmin qildi, uni Coca-Cola’ga tegishli «Multon» kompaniyasi ishlab chiqaradi. «Interfaks» qayd etishicha, kompaniyaning Rossiyadagi bo‘linmasi, «Koka-kola EychBiSi Yevraziya» «Multon partners» deb qayta nomlangan.
Coca-Cola Company iyun oyida, mahsulotlarning mavjud zaxiralari tugaganidan keyin Rossiyada o‘ziga tegishli brendlar ostidagi ichimliklar savdosi to‘xtatilishini ma’lum qilgandi. Bunga Ukrainadagi urush sabab bo‘ldi.
Rossiyaga flagman ichimligi uchun konsentrat yetkazib berishni Coca-Cola Company martdayoq to‘xtatgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin