Foto: «Mod.uk»
Buyuk Britaniya Ukrainaga oltita suv osti dronini taqdim etadi, ular qirg‘oqqa yaqin suv hududida minalarni aniqlashda yordam beradi. Shuningdek, London ukrainalik harbiylarga dronlardan foydalanishni o‘rgatishga ko‘maklashadi, deb yozadi «Kommersant’» Britaniya Mudofaa vazirligi bayonotiga tayanib.
Uchta dron Buyuk Britaniyadagi ombordan olib beriladi, yana uchtasi Kiyev uchun maxsus sotib olinadi. Vazirlik dronning modeliga aniqlik kiritmadi, ammo yengil avtonom qurilma qirg‘oqga yaqin sayozliklar sharoitida foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, minalar joylashgan joylarni aniqlash uchun 100 metrgacha chuqurlikda ishlaydi.
Ukraina Harbiy-dengiz kuchlarining o‘nlab harbiy xizmatchilari yaqin oylarda dronlardan foydalanishga o‘rgatiladi. Harbiylarning birinchi guruhi allaqachon o‘qishni boshlagan. Guruh necha kishidan iborat ekanligi aytilmagan.
«Bu hayotiy muhim qurilma va uni qo‘llashga o‘rgatilish Ukrainaga o‘z suvlarini xavfsizlantirish, dunyoga don yetkazib berishni yo‘lga qo‘yishda yordam beradi hamda Ukraina Qurolli kuchlariga ularning qirg‘oq chizig‘i va portlarni himoya qilishga intilishida ko‘maklashadi», — dedi Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles.
24 avgust kuni Buyuk Britaniya va Norvegiya Ukrainaga 9,2 million dollarlik dronlarni yetkazib berishini e’lon qildi. O‘sha kuniyoq Britaniya bosh vaziri Boris Jonson harbiy operatsiya boshlanganidan buyon uchinchi marta Kiyevga tashrif buyurdi. U Ukrainaga 54 million funt (63,5 million dollar)lik navbatdagi yordam paketini oldindan e’lon qildi, u 2 mingta dron va o‘q-dorilarni o‘z ichiga oladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?