Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Fransiyaning LCI telekanaliga bergan intervyusida Rossiya qanday vaziyatda yadro qurolidan foydalanishi mumkinligini aytib o‘tdi.
Jurnalistning Rossiya harbiy doktrinasi xavf tug‘ilganda taktik yadro qurolidan foydalanishni nazarda tutadimi, degan savoliga Medvedev Rossiya harbiy doktrinasi ochiq hujjat ekanini va unda "Yadroviy ushlab turish bo‘yicha davlat siyosati asoslari" aniq ko‘rsatilganini aytb o‘tdi.
“U yerda, adashmasam, 19-bandda, yadroviy quroldan foydalanish mumkin bo‘lgan to‘rtta vaziyat sanab o‘tilgan. Fransiya jamoatchiligi qiziqayotgan bo‘lsa men ularni sanab o‘taman: yadroviy raketalarni uchirish, yadro qurolidan foydalanish, yadro qurolini nazorat qiluvchi muhim infratuzilma yoki davlatning mavjudligiga tahdid soladigan boshqa harakatlar. Hozircha bunday harakatlar kuzatilmagan”, - dedi Xavfsizlik kengashi rahbari o‘rinbosari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hech qachon taktik yadro quroli yoki uran qurollardan foydalanmagan, “So‘nggi 20-30 yil ichida ulardan Yugoslaviya va Iroqda ancha faol foydalangan NATO davlatlaridan farqli o‘laroq”. "Buning ayanchli oqibatlari bor, bu juda achinarli. Shunday ekan, avvalo G‘arb davlatlari muayyan vaziyatlarda nima qilganiga nazar tashlash kerak", - dedi Medvedev.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya - ming yillik tarixga va dunyoda eng yirik yadro salohiyatiga ega bo‘lgan davlat, shuningdek BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zosi. Har qanday vaziyatla Rossiya o‘zini himoya qila oladi, deb ishonch bildirdi Medvedev. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin