1 348
Urushning 185-kuni: Xarkiv va Slovyansk o‘qqa tutilishi oqibatlari, Donbassda ishlayotgan ukrain artilleriyasi (foto)
27 avgustga o‘tar kechasi rossiyalik harbiylar Xarkiv markazini o‘qqa tutishdi: mahalliy rasmiylarga ko‘ra, yo‘llar, maktab va turar joy binolari shikastlangan. 61 yoshli ayol tan jarohati olgan. Energodar shahrining Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyatiga ko‘ra, ukrain qo‘shinlari shahar bo‘ylab 20 zarba yo‘llagan, shundan beshtasi Zaporijjya AES hududiga kelib tushgan.
Vladimir Putin Ukrainadan, shuningdek «DXR» va «LXR»dan kelgan qochqinlar uchun oyiga 10 ming rubl miqdorida pensiya to‘lash to‘g‘risida farmonini imzoladi. Prezident Volodimir Zelenskiyning ma’lum qilishicha, Ukraina g‘alla bo‘yicha kelishuv imzolangach, million tonna oziq-ovqat mahsulotlari eksport qilgan.
Quyida 27 avgust, urushning 185-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Donbass shimolidagi harbiy harakatlar va vayrongarchiliklar
Ukrainlarning artilleriya bo‘linmasi 220-millimetr kalibrli o‘ziyurar BM-27 «Uragan» baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan rossiyaliklarning Donetsk oblastidagi pozitsiyalari bo‘ylab o‘t ochmoqda (aniq joy oshkor etilmagan)
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Ukrain artilleriyachilari sovetlarning o‘ziyurar «Pion» zambaragidan Donbass shimolida o‘t ochmoqda, bu yerda ukrain armiyasi Rossiya qo‘shinlari yurishini to‘xtatib turibdi. Foto: Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
«Pion» uchun snaryadlar tayyorlayotgan ukrain harbiysi
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrain harbiylari Kramatorsk yaqinida xandaq qazimoqda. Bu yo‘nalishda, Ukraina qurolli kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, RF qo‘shinlari Grigorovka qishlog‘i hududida boshlagan hujum muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgan. Grigorovkaga eng yaqin shahar — Mariupol hisoblanadi.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Kramatorsk yaqinida okop qaziyotgan ukrain askarlarining harbiy ekipirovkasi. Shahar Ukraina qurolli kuchlari nazoratida qolmoqda.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrain o‘t o‘chiruvchilari rossiyaliklarning Slovyanskdagi keramika zavodiga yo‘llagan raketa zarbasi oqibatlarini bartaraf etmoqda. Ukraina armiyasi nazoratida qolayotgan shahar 26 avgust tongida o‘qqa tutilgan. Qurbonlar yo‘q.
Ammar Awad / Reuters / Scanpix / LETA
RF harbiylarining Slovyanskka yo‘llagan raketa zarbalari kelib tushgan hududda ishlayotgan o‘t o‘chiruvchilar.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Slovyanskda Rossiya raketa zarbasidan vayron bo‘lgan keramika zavodi ko‘rinishi
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Rossiyaliklarning Slovyanskka zarbalari oqibatida yakson etilgan uy xarobalari orasida yotgan velosiped.
Ammar Awad / Reuters / Scanpix / LETA
Slovyanskka raketa zarbasidan keyin aholining sochilib yotgan buyum va kiyimlari.
Ammar Awad / Reuters / Scanpix / LETA
Yonib ketgan texnikum binosi oldida turgan o‘t o‘chiruvchilar. Slovyansk meri navbatdagi hujumdan keyin yana bir bor mahalliy aholini navbat uning uyiga kelishini kutmasdan, evakuatsiya bo‘lishga chaqirdi.
Madeleine Kelly / SOPA Images / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Mikolayiv aholisiga oziq-ovqat tarqatilishi
Mikolayivda World Central Kitchen tashkilot tarqatayotgan gumanitar yordam uchun navbatda turgan aholi. 27 avgust kuni shahar yana rossiyalik harbiylar tomonidan o‘qqa tutildi. Zarbalar shahar atrofidagi hududlarga kelib tushgan, jabrlanganlar yo‘q.
Umit Bektas / Reuters / Scanpix / LETA
World Central Kitchen tashkiloti ko‘ngillilari mikolayivliklarga yegulik ulashmoqda. Mikolayiv oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Vitaliy Kimning hisoblashicha, yaqin vaqtlar ichida RF Ukraina qurolli kuchlari himoyasida turgan bu shaharga hujum qila olmaydi.
Umit Bektas / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkiv o‘qqa tutilishi oqibatlari
Kommunalchilar Xarkiv markazida rossiyaliklar raketasi kelib tushgan joyda ishlamoqda. Zarbalar Kiyev va Osnovyanskiy rayonlariga yo‘llangan. Yo‘l va turar joylar, shuningdek tarixiy bino — bir necha yil muqaddam restavratsiya qilingan savdogar Adam Piotrovskiy uyi ham shikastlangan. Bundan tashqari, shahar markazidagi maktab ham zararlangan, . Oskolkalardan biri kvartiraga kelib tushib, 61 yoshli ayolni jarohatlagan. Foto: Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Xarkivliklar shahar markazidagi do‘kon vitrinasida sinib ketgan oynalarni olib tashlamoqda
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Lvivda Pyotr va Pavel garnizon ibodatxonasi
Lyubov ismli ukrain ayoli frontda halok bo‘lgan ukrain harbiylari fotosuratlari qarshisida duo o‘qimoqda
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin