Ko‘pchilikning e’tiborini tortgan otning taqdiri ma’lum bo‘ldi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pchilikning e’tiborini tortgan ot haqidagi yangi videolar tarqaldi. Unda otning ayni paytdagi holati va yangi egasi haqida ma’lumot berildi.
Ma’lum bo‘lishicha, avvalroq bozorda otni ko‘rib, unga mehr qo‘ygan Behruz ismli bolaning dadasi o‘g‘liga ushbu otni sotib olib bergan. Bloger otning hozir yaxshi sharoitda saqlanayotganini ko‘rsatdi.
Uning aytishicha, avvalgi videodan so‘ng ko‘plab insonlar otni sotib olib, asl egasiga qaytarish taklifi bilan murojaat qilgan. Buning uchun bloger ularga minnatdorlik bildirdi.
Shuningdek, bloger Behruzga ot hozircha unga omonat ekanini, asl egasi qaytarib olguniga qadar uni ehtiyotlab, yaxshi parvarish qilishi kerakligini aytdi.
«Endi ot senga, Xudo xohlasa, omonat bo‘ladi. Otni ehtiyotlab, chiroyli qilib boqasan», — dedi u bolaga.
Bu voqea ijtimoiy tarmoqlardagi e’tibor va insonlarning jonkuyarligi bir jonzot taqdiriga befarq bo‘lmaslik, unga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga turtki bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi.
Keyingi yangilik

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…