date
views 1 533

Bosh meteorolog ishdan olinganidan so‘ng mushakbozlik bo‘ldi

Bosh meteorolog ishdan olinganidan so‘ng mushakbozlik bo‘ldi
Vengriya poytaxti Budapeshtda bayram mushakbozligini tomosha qilishga o‘n minglab odamlar keldi, deb xabar berdi Euronews.

Mamlakatning bosh milliy bayrami — Avliyo Ishtvan kuni rejalashtirilgan mushakbozlik, kuchli yomg‘ir yog‘ishi to‘g‘risidagi ob-havo xabari sababli, bekor qilingandi.

Biroq yomg‘ir yog‘madi, mamlakatning bosh meteorologi va uning o‘rinbosari ishdan olindi. Ayrim venger amaldorlari va xalqaro ekspertlar ishdan olinganlarni yoqlashdi.

Vengriya bosh meteorologi vazifasini bajarishga petitsiyaga imzo qo‘ymagan bir amaldor vaqtincha tayinlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bosh meteorolog ishdan olinganidan so‘ng mushakbozlik bo‘ldi