
Vladimir Putin va Sergey Shoygu
Foto: AP Photo
Rossiya armiyasi harbiy ta’lim va tajribaga ega bo‘lmagan mudofaa vaziri Sergey Shoyguning ustidan kulmoqda. U Ukrainadagi qo‘shinlarga rahbarlik qilishdan chetlatilgan. Bu haqda Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining Twitter sahifasida xabar berildi.
Rossiya Ukrainaga qarshi urushda duch kelayotgan muammolar tufayli, Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ayni paytda Rossiya rahbariyatidan chetlatilgan, tezkor komandirlar esa urushning borishi haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri prezident Vladimir Putinga hisob bermoqda.
Britaniya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning progressi to‘xtab qolgani tufayli, bevosita urush tajribasiga ega rossiyalik ofitserlar va askarlar Shoyguni uning samarasiz va voqelikdan uzoq bo‘lgan rahbarligini muntazam mazax qilib keladi.
«Shoygu uzoq vaqt davomida jiddiy urush tajribasiga ega bo‘lmagan odam reputatsiyasidan xalos bo‘lishga urinib kelmoqda, chunki u o‘z karerasining katta qismini qurilish sektorida va favqulodda vaziyatlar vazirligida o‘tkazgan», — deyiladi Britaniya Mudofaa vazirligi ma’lumotida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar