Foto: Vesti.ru
Turkiyadagi futbol muxlislari orasida g‘alati aksiya avj oldi. Ular yoppasiga o‘z nomlarini taniqli murabbiy nomiga o‘zgartirishmoqda.
Taniqli murabbiy Fotih Terim 69 yoshga to‘lgan kuni Turkiyada 19 756 nafar Fotih Terim ismi paydo bo‘ldi. Turli yoshdagi erkaklar ismlarini yangilashdi.
Turkiyada ismni almashtirish borasidagi rasmiyatchiliklar ancha yengil. Hukumatning tegishli organiga murojaat qilib, anketa to‘ldirilib, ariza yozilsa bas.
Ma’lumot uchun: Fotih Terim murabbiylik qilgan Turkiya futbol terma jamoasi 2008 yili Yevropa chempionatida bronza medallarni qo‘lga kiritgan. Uning «Galatasaroy»dagi o‘rni alohida — 14 ta sovrinni, jumladan, 2000 yilgi UYEFA kubogini yutgan. «Bashakshehir» jamoasining stadioni ham uning nomi bilan atalgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?