Foto: UNN
Vladimir Putin Rossiya qo‘shinlariga 15 sentabrga qadar Donetsk oblastining ma’muriy chegaralariga chiqishni buyurgan. «Ukrainskaya pravda»ning yozishicha, bu haqda Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi bosh operativ boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Oleksiy Gromov ma’lum qildi.
«Dushman Xarkiv, Luhansk, Donetsk, Zaporijjya, Xerson va Mikolayiv oblastlarida bosib olingan rayonlarni ushlab turishda davom etmoqda, shuningdek, qaytadan hujumga o‘tish uchun qulay sharoitlar hozirlashga intilmoqda. Xususan, rossiyalik bosqinchi harbiylar Putinning 15 sentabrgacha Donetsk oblasti ma’muriy chegaralariga chiqish bo‘yicha buyrug‘iga muvofiq yana bir bor o‘z rejalari va harakatlarini muvofiqlashtirmoqda», degan u.
Gromovning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina sharqida faol yurishlarni qaytadan boshlash uchun RF mudofaa vazirligi uchinchi armiya korpusi qo‘shilmalari va harbiy qismlarini qayta to‘plashda davom etmoqda. Korpus 2022 yil yozida Rossiyaning turli regionlaridan yig‘ilgan ko‘ngilli bo‘linmalardan tarkib topgan.
Rossiya qo‘shinlarining Donbassdagi so‘nggi yirik muvaffaqiyati Severodonetsk — Lisichansk — Rubejnoye aglomeratsiyasi ustidan nazorat o‘rnatilib, butun Luhansk oblasti egallanishi bo‘lgandi. Bu iyul oyi boshida ro‘y bergandi. Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin