date
views 5 660

Turkmaniston Turkiyadan g‘alati iltimos qildi

Turkmaniston Turkiyadan g‘alati iltimos qildi
Turkmaniston tomoni Turkiya Respublikasi davlatiga Turkmaniston fuqarolari uchun turli toifadagi vizalar rejimini vaqtincha joriy etish iltimosi bilan murojaat qildi. Bunday xabar 3 sentabr kuni Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi saytida e’lon qilindi.

Turkmaniston TIV o‘z so‘rovini «Turkmaniston fuqarolarining Turkiya Respublikasida bo‘lish qoidalarini tizimli asosda takomillashtirish va joriy etish istagi» bilan izohladi.

Turkiya vizasi uchun arizalar qabul qilinishi mo‘ljallangan Navro‘z bayrami binosida hozir ta’mirlash ishlari yakunlanmoqda. Ishchilarning aytishicha, binoda 10 sentabrda ochilishi kerak bo‘lgan «Turkiya konsulligi» joylashadi.

Ashxobod va Anqara turkman fuqarolarining Turkiyaga vizasiz kirish tartibini bekor qilish imkoniyatini muhokama qilayotgani haqida 2022 yil may oyi oxirida ham xabarlar tarqalgan edi.

O‘shanda Ashxobodda Turkiyaga barcha toifadagi: ta’lim, ish, tibbiy va turistik vizalar berish bilan shug‘ullanish uchun bir turk kompaniyasi ro‘yxatdan o‘tayotgani xabar qilingan edi.

Rejaga ko‘ra, jo‘nab ketish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar to‘plami birinchi navbatda Turkmaniston migratsiya xizmatiga topshiriladi. Agar u yerda jo‘nab ketish ma’qullansa, hujjatlar Turkiyaning Ashxoboddagi konsulligiga yuboriladi.

Iyul oyida Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oqtay iyul oyida Ashxobodda Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashgan va u bu fikrga keskin qarshi chiqqan edi.

«Butun turkiyzabon dunyo bizga erkin, vizasiz keladi va biz hech kimni cheklamoqchi emasmiz», dedi Oqtay.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmaniston Turkiyadan g‘alati iltimos qildi