1 557
Qozog‘istonda o‘zbekistonliklarning pasporti olib qo‘yilib, majburiy ushlab turilgani aniqlandi

Kadr: Telegram
Qozog‘istondagi o‘zbekistonliklarning hujjatlari va oylik maoshlari olib berildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Chimkent shahrida ishlayotgan bir guruh o‘zbekistonlik fuqarolardan pasportlari olib qo‘yilgani va majburiy ushlab turilgani to‘g‘risida murojaat kelib tushgan.
Ushbu murojaat yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Chimkent shahridagi vakolatxonasi xodimi hamda Chimkent shahri politsiya departamenti tezkor guruhi bilan fuqarolarning ish joyiga borildi. Shundan so‘ng ularning pasportlari qaytarildi va oylik maoshlari undirib berildi. Hozirgi kunda ularni vatanga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar