
Moskva Tokio bilan Kunashir, Iturup va Kichik Kuril tizmalariga soddalashtirilgan tashrif bo‘yicha kelishuvlarni bekor qildi.
Shunday qilib, 1991 yildagi o‘zaro sayohatlar tartibi to‘g‘risidagi va 1999 yildagi orollarga tashrif buyurishni maksimal darajada osonlashtirishni tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvlar endi o‘z kuchini yo‘qotdi. Yaponlar uchun bu og‘riqli zarba bo‘ldi. Chunki yaponlar oilaviy Kuril orollariga soddalashtirilgan tartibdagi kirish huquqiga ega edi. Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yosimasa Xayashi Moskvaning harakatlarini “qabul qilib bo‘lmaydigan, aqlsizlik”, deb atadi.
Biroq, amaliyot shuni ko‘rsatadiki, bunday bayonotlar hech narsani o‘zgartirmaydi. Baribir endi yapon fuqarolari endi o‘zlarining "tug‘ilgan" joylariga tashrif buyurishi muammoli bo‘lib qoldi. Tokio Rossiyaga qarshi siyosatidan voz kechmaguncha, vizasiz rejimni unutadi, deb yozmoqda segodnia.ru nashri. Shuningdek, Janubiy Kuril orollarida qo‘shma iqtisodiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish, shu jumladan, so‘nggi o‘n yilliklarda yaponlar faol foydalanayotgan tabiiy resurslardan ham mosuvo bo‘ladi.
Gap shundaki Moskva Tokio Vashingtonning ko‘rsatmalariga muvofiq harakat qilishda, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni joriy etishda davom etmoqda, degan fikrda.
Bundan tashqari, Tokio tomonidan mart oyida Janubiy Kuril orollari "Yaponiyaning ajralmas qismi hisoblanadi va hozirda Rossiya tomonidan noqonuniy ravishda bosib olingan" degan gap ko‘tarilgan. Va aprel oyining oxirida, 2003 yildan beri birinchi marta bu bayonot hukumatga taqdim etilgan "Diplomatiya bo‘yicha ko‘k kitob"da paydo bo‘ldi.
Shunday qilib, yaponlar Ikkinchi Jahon urushi natijalarini shubha ostiga qo‘yamoqda. Kunashir, Iturup, Shikotan va Xabomai SSSR tarkibiga kirgan va Rossiyaning tarkibida qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar