21:40 / 08.09.2022
4 172

Yangi bosh vazir kamtarroq kiyinishni buyurdi

Yangi bosh vazir kamtarroq kiyinishni buyurdi
Foto: Anadolu Agency
Buyuk Britaniya bosh vaziri ofisi xodimlari bundan buyon rasmiy kiyinish tartibiga rioya etishlari shart. Hukumatning yangi rahbari Liz Trass shunday buyruq berdi.

Britaniya ommaviy axborot vositalari yozishicha, Trassning dress-kod bo‘yicha talabi oldingi bosh vazir Boris Jonson ofisida hukm surgan «betashvish muhit»ning g‘irt aksidir.

«Liz g‘alaba qilib qaytganidan so‘ng hammasi o‘zgarmoqda... galstuklar qaytyapti», — degan The Telegraph manbalaridan biri.

Elizabet Trass 5 sentabr kuni o‘tkazilgan saylovda Konservativ partiya yetakchisiga aylangandi. Ertasi kuni qirolicha Yelizaveta II unga yangi hukumatni shakllantirishni topshirgan.

Boris Jonson Buyuk Britaniya bosh vazirligi va Konservativ partiya raisligidan 7 sentabr kuni iste’foga chiqdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo