Yong‘oq teruvchini havo shari olib qochdi — Xitoy

1 daqiqa o'qish1.4K
Yong‘oq teruvchini havo shari olib qochdi — Xitoy
Yong‘oq terishga chiqqan xitoylik Hu familiyali kishi boshqaruvini yo‘qotgan havo sharida ikki kun osmonda tentirab yurdi. CNN yozishicha, hodisa o‘tgan yakshanba kuni Xeylunszyan provinsiyasining Xaylin uyezdida sodir bo‘lgan.

Hu va sherigi havo sharida ko‘tarilib, kedr yong‘og‘i terishayotgan edi. Kutilmaganda aerostat (havo shari) boshqaruvini yo‘qotib, balandlashishni boshlagan. Sherik sakrab tushib qolgan, Hu esa ulgurmagan.

Qutqaruvchilar «zo‘raki sayyoh»ni uning mobil telefoni signali orqali topishdi. Boshqaruvini yo‘qotgan havo shari 300 kilometrgacha uchib borib, daraxtlar shoxiga o‘ralib, pastga qulagan. Hu yengil jarohat olib, omon qolgan.

Ta’kidlanishicha, bu yong‘oq teruvchilar bilan sodir bo‘layotgan birinchi havo hodisasi emas. 2019 yilda yong‘oq teruvchi ikki xitoylikni havo shari 10 kilometrga olib qochgandi. Ular yerga eson-omon yerga qo‘nishganidan so‘ng, parvoz qoidalarini buzganliklari uchun jarimaga tortilgandi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?