06:00 / 10.09.2022
1 359

Charlz III o‘g‘li Uilyamni Uels shahzodasi deb e’lon qildi

Charlz III o‘g‘li Uilyamni Uels shahzodasi deb e’lon qildi
Foto: Getty Images
Buyuk Britaniya qiroli Charlz III televideniye orqali millatga ilk murojaati bilan chiqdi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Qirol nutqini onasi, qirolicha Yelizaveta Iini xotirlash bilan boshladi.

«Qirolicha Yelizaveta munosib hayot kechirdi. U bergan va’da bajarildi va biz uning vafotidan chuqur qayg‘udamiz. Butun umr davomida xizmat qilish to‘g‘risidagi ushbu va’dani bugun men beraman», — dedi u.

Charlz III shuningdek, nutqi davomida o‘g‘li Uilyamni Uels shahzodasi deb e’lon qildi. Bu uning taxtga vorislik qilishda birinchi o‘rinda turishini anglatadi.

Charlz IIIning o‘zi ham taxtga o‘tirguniga qadar Uels shahzodasi deb atalgan. Uning o‘g‘illari ham shunday deb chaqirilgan, faqat bu nominal edi. Endilikda Uilyam bu unvonga rasman ega bo‘ldi.

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 8 sentabr kuni 96 yoshida vafot etdi. U 70 yil mobaynida Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va yana 12 mustaqil davlatni boshqardi. Yelizaveta II 1952 yil 6 fevralida taxtga o‘tirgandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo