19:37 / 10.09.2022
1 820

Putin dollarga bo‘lgan ishonch yo‘qolganini aytdi

Putin dollarga bo‘lgan ishonch yo‘qolganini aytdi
Mamlakatlarning dollar, yevro, funt sterlingga bo‘lgan ishonchi asta-sekin yo‘qolmoqda va bu valyutalardan foydalanishdan voz kechishmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin VII Sharqiy iqtisodiy forumida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.

G‘arb mamlakatlari tarixning kechish jarayoniga qarshi turishga urinib, 100 yillar davomida yo‘lga qo‘yilgan dunyo iqtisodiy tizimining asosiy tayanch nuqtalariga putur yetkazishdi. Ko‘z o‘ngimizda ularda hisob-kitob qilish, zaxiralarni saqlash mumkin bo‘lgan valyuta sifatidagi dollar, yevro va funt sterlingga bo‘lgan ishonch yo‘qoldi. Biz asta-sekin obro‘si to‘kilgan bunday ishonchsiz valyutalardan foydalanishdan voz kechyapmiz”, - dedi Putin.

Rossiya rahbari “hatto AQSH ittifoqchilari o‘zlarining dollardagi aktivlarini asta-sekin qisqartirayotganiga” e’tibor qaratdi.
Bu statistikadan ko‘rinib turibdi. Dollarda hisob-kitob qilish ham, pul jamg‘arish ham tobora kamaymoqda”, - dedi Putin.

U kuni kecha “Gazprom” kompaniyasi va uning xitoylik hamkorlari gaz yetkazib berganlik uchun to‘lovni amalga oshirishda rubl va yuanga o‘tishga qaror qilishganini eslatdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo