Foto: LETA
Ukraina Qurolli kuchlari strategik kommunikatsiyalar boshqarmasi ma’lum qilishicha, Xarkov viloyatining Kupyansk shahri yaqinida «katta ehtimol bilan» Eronda ishlab chiqarilgan zarbdor uchuvchisiz uchar qurilma urib tushirilgan, deb yozadi Meduza.
"Dron qanotidagi elementlar tashqi ko‘rinishining tahlili Ukraina Qurolli kuchlari birinchi marta Eron uchuvchisiz uchar qurilmasini yo‘q qilganini da’vo qilish imkonini beradi. Gap uzoq masofali Shahed-136 kamikadze droni haqida bormoqda", — deyiladi boshqarma xabarida.
13 sentabr kuni ertalab Ukraina Qurolli kuchlari ofitseri Twitter’da Kupyansk yaqinida urib tushirilgan dron suratini e’lon qilgan. Dronda kirillcha «M214 Geran-2» yozuvini ko‘rish mumkin, «biroq tashqi ko‘rinishidan korpus Eronning uzoq masofali zarbdor Shahed-136 kamikadze droni bilan bir xil».
Avgust o‘rtalarida, The Washington Post’ning AQSH razvedkasidagi manbalariga ko‘ra, Rossiya Erondan Ukrainadagi urush uchun zarbdor dronlarning birinchi partiyasini qabul qilib olgan. Rossiyaga, razvedka ma’lumotlariga qaraganda, dushman mudofaasidagi radarlar va artilleriyaga hujum qilishga qodir Mohajer-6 va Shahed seriyasidagi ikki xil uchar qurilmalar yuborilgan. Eron ularni yetkazib berganini rad etdi. Kremlda bu haqdagi ma’lumotlar dezinformatsiya deb ataldi.
Sentabrda The New York Times gazetasi va boshqa G‘arb OAVlari AQSH razvedkasiga tayanib, Rossiya Shimoliy Koreyadan millionlab artilleriya snaryadlari hamda kichik va o‘rta masofali raketalar sotib olayotgani haqida yozdi.
Eron droni1, Ukraina1, M214 Geran-2, Shahed-136 Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi