
Chechiniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiyada harbiy holat e’lon qilib, odamlarni harbiy holatga tayyorlash kerakligini aytdi.
«Ramzan Qodirov sifatida mening fikrim, harbiy holat e’lon qilgan bo‘lardim, safarbarlik e’lon qilgan bo‘lardim. Odamlarni harbiy holatga tayyorlashni boshlardim. Ertaga nima bo‘lishini bilmaymiz. Hech qaysi dinga amal qilmaydigan bu shaytonlarning ittifoqchilari ko‘proq bo‘ladi, chunki ular shaytondir. Biz davlat rahbariyati safarbarlik e’lon qilmaguncha kutmasligimiz kerak, barchamiz safarbar bo‘lishimiz kerak. Har bir mintaqa o‘zida mavjud kuch va vositalarni ta’minlashi kerak», – deydi Chechiniston rahbari.
Ma’lumot uchun, oldinroq Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Ukraina Qurolli kuchlari hujumi ostida Xarkov viloyatida rus qo‘shinlarining chekinishi haqida gapirdi va harbiy harakatlar borishini jiddiy tanqid qilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar