21:12 / 16.09.2022
2 323

«Biz buni imkon qadar tezroq tugatish uchun bor imkoniyatni ishga solamiz». Putin — urush haqida

«Biz buni imkon qadar tezroq tugatish uchun bor imkoniyatni ishga solamiz». Putin — urush haqida
Foto: Alexandur Demyanchuk/Pool via REUTERS
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Hindiston bosh vaziri Narendra Modining Samarqanddagi SHHT sammiti doirasida o‘tkazilgan uchrashuvida Ukraina mavzusi tilga olindi, deb xabar berdi Reuters.

«Hozir urush davri emas va siz bilan bu haqda telefon orqali gaplashgandik»,- deya Modining so‘zlaridan iqtibos keltirgan agentlik.

O‘z navbatida Putin Modiga Hindiston rahbarining Ukraina borasidagi xavotirlarini tushunishini va Moskva nizoga tezroq yakun yasash uchun bor imkoniyatini ishga solishini aytdi. Shu bilan birga Ukraina muzokaralarni rad etayotganini qo‘shimcha qildi.

«Ukrainadagi nizo bo‘yicha pozitsiyangizni, doimiy bildirayotgan xavotiringizni bilaman. Biz buni tezroq to‘xtatish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz.

Afsuski, qarama-qarshi tomon — Ukraina rahbariyati — muzokaralar jarayonidan voz kechishini aytmoqda, ular o‘z maqsadlariga harbiy yo‘l bilan erishmoqchi ekanliklarini e’lon qilishgan. Ularning ta’biri bo‘yicha, jang maydonida. U yerda bo‘layotgan voqealar haqida sizni xabardor qilib turamiz
», - dedi Putin.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo