23:25 / 17.09.2022
6 934

SHHT sammitidan Putinning ko‘ngli to‘lmadi(mi?)

SHHT sammitidan Putinning ko‘ngli to‘lmadi(mi?)
Putinning kechagi Samarqand sammitida xayoli parishon edi. OAVlari vakillarining savollariga javoblari paytida, fikrini bir joyga jamlashga juda qiynaldi. Shuning uchun juda ko‘p fikrlarni bir necha marta boshlashga, takrorlashga, aniqlashtiruvchi savollar berishga majbur bo‘ldi. Turkiya Prezidenti Erdog‘anni “Turkiya Bosh vaziri” deb ko‘p takrorladi. Erdog‘an bilan uchrashuv payti ham, uni yuziga “janob Bosh vazir” deb murojaat qildi.

Balki, ataylab qilayotgandir. Lekin, Putin shaxslarning ismida ko‘p adashadi. Va, ko‘pincha, ataylab qilmaydi. Nazarimda, Putin Samarqand sammitida o‘zi kutgan natijalarni ololmadi. Xitoy, Hindiston, Pokiston, Markaziy Osiyo davlatlari Putining Ukraina urushini qo‘llab-quvvatlamadi. Hindiston Bosh vaziri “demokratiya va diplomatiya yengadi” deya, yumshoq tanqid qildi. Xitoy ham masofa saqladi. Qozog‘iston va O‘zbekiston “SHHT – harbiy yoki siyosiy blok emas!” degan pozitsiyani qattiq ushladi.

Ichki muzokaralardan so‘ng, Putinning xafsalasi pir edi. Ukraina frontidagi chekinishlar fonida, Samarqand sammiti Putin uchun, g‘alaba bo‘lmadi. Aksincha, Belorussiya Prezidenti tomonidan aytilgan “kelinglar, g‘arbga qarshi birlashaylik” degan g‘oya, qo‘llab-quvvatlanmadi va bu bilan, Moskva boshchiligidagi “SHHTni blokka aylantirish fraksiyasi” – yutqazdi.

Kamoliddin Rabbimov

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo