00:42 / 18.09.2022
1 285

Tayvanda 6,5 balli zilzila sodir bo‘ldi

Tayvanda 6,5 balli zilzila sodir bo‘ldi
Foto: USGS
Tayvanda 6,5 balli zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Xitoy seysmologiya markazi.

Markaz ma’lumotiga ko‘ra, yer silkinishi mahalliy vaqt bilan soat 21:41da qayd etilgan. Zilzila markazi Taybey shahridan 220 km uzoqlikda, zilzila o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashgan.

Asosiy yer silkinishidan so‘ng yana bir nechta aftershoklar kuzatilgan.

Mahalliy OAVning xabar berishicha, yer silkinishi butun Tayvan oroli hamda Xitoyning Futszyan, Chjetszyan va Guandun provinsiyalarida sezilgan.

Vayrongarchiliklar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tayvanda 6,5 balli zilzila sodir bo‘ldi