23:12 / 19.09.2022
1 490

Qatarning davlat gerbi yangilanadi

Qatarning davlat gerbi yangilanadi
Qatar hukumati mamlakat yangi gerbi loyihasini ishlab chiqdi. Bu haqda QNA axborot agentligi xabar bergan.

Davlat rasmiylari so‘zlariga ko‘ra, bu bir qator maqsadlarni ko‘zlagan. Jumladan, yangi gerb “Qatar davlatining mahalliy, mintaqaviy va xalqaro darajada institutsional o‘zligini mustahkamlaydi va ajratib ko‘rsatishi” maqsad qilingan.

Yangilangan davlat ramzi Qatarning madaniy merosining eng asosiy nuqtalarini o‘zida jamlagan: dengiz, qayiq va palma, bu kemasozlik, baliq ovlash va marvarid o‘tmishda amirlik iqtisodiyotining asosini tashkil etganini anglatadi.

Qatar Davlatining milliy gerbi Britaniya protektorati tugaganidan olti yil o‘tib mamlakat mustaqillikka erishgandan so‘ng Shayx Ahmad bin Ali Ol Soniy davrida qabul qilingan va Qatar amiri Xalifa bin Hamad Ol Soniy hukmronligi davrida 1976 yilda ishlab chiqilgan.

Eski gerb (1976-2022 yy.)
Davlat gerbining so‘nggi versiyasi 2022 yil 15 sentyabrda Qatar Milliy muzeyida taqdim etilgan. Yangi emblemada Qatarning tarixiy ramzlari – asoschining qilichi, palma daraxtlari, dengiz va an’anaviy qayiq – barchasi oq fonda to‘q qizil rangda aks etgan.

Yangi gerb 2022 yil.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo