Gruziyada qurolli bosqinchi bankdagi 12 kishini garovga olib, 2 mln dollar talab qildi (video)

Gruziyada qurolli bosqinchi bankdagi 12 kishini garovga olib, 2 mln dollar talab qildi (video)
Gruziyaning Kutaisi shahrida joylashgan «Gruziya banki» filialida qurollangan bosqinchi odamlarni garovga oldi, deb xabar bermoqda «Rustavi 2».

Jinoyatchi ikki million dollar talab qilgan. U talabini bajarishlari uchun uch soat vaqt bergan.

Gruziya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bosqinchining qo‘lida 12 kishi garovda turibdi.

Bank binosi politsiya xodimlari tomonidan o‘rab olingan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar