
Bangladeshda halokatga uchragan paromning 30 nafar yo‘lovchisi qutqarib qolindi.
Russia Today’ning xabar berishicha, 100 nafarga yaqin yo‘lovchi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
“Qutqaruvchilar 30ga yaqin omon qolgan kishini suvdan olib chiqishdi”, – deya polisiya ma’lumotlaridan iqtibos keltirmoqda Reuters.
Hodisa 22 fevral, yakshanba kuni poytaxt Dakkadan 70 kilometr shimolda, Padma daryosida yuz bergan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, paromda 150ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan.
Avvalroq, 13 fevral kuni Bangladeshda bortida 200 kishi bo‘lgan parom ag‘darilib ketgan edi.
Manba: www.kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar