14:46 / 21.09.2022
1 105

Keyt Middlton qirolicha Yelizaveta II ning vafoti uning chevaralariga qanday ta’sir qilgani haqida gapirdi

Keyt Middlton qirolicha Yelizaveta II ning vafoti uning chevaralariga qanday ta’sir qilgani haqida gapirdi
Foto: «Fokus»
Uels malikasining so‘zlariga ko‘ra, shahzoda Jorj endi katta buvisi qanchalik ahamiyatli inson ekanini tushundi, shahzoda Lui esa nima bo‘layotganini anglashga bor kuchi bilan harakat qilmoqda, deb yozadi «Pravila jizni».

Qirolicha Yelizaveta II ning dafn marosimi oldidan Hamdo‘stlik mamlakatlari general-gubernatorlari uchun uyushtirilgan yig‘ilishda Keyt Middlton o‘zi va shahzoda Uilyamning farzandlari katta buvisining o‘limi uchun qanchalik qayg‘urayotgani bilan o‘rtoqlashdi.

Avstraliya general-gubernatori Devid Xerlining so‘zlariga ko‘ra, Uels malikasining to‘ng‘ich o‘g‘li, to‘qqiz yoshli Jorj endi katta buvisi qanchalik ahamiyatli inson ekani va hozirda nima ro‘y berayotganini tushungan. Yetti yoshli Sharlotta va to‘rt yashar Lui buni tushunishga hali kichkina.

Shuning uchun shahzoda Lui ota-onasidan Balmoral qal’asiga yozgi tashrifi xuddi avvalgidek bo‘lishi haqida so‘ragan. Bolalar shunday savollar bermoqda: "Sizningcha, biz Balmoralga borganimizda, u yerda buvim bo‘lmasalar ham, hamma o‘yinlarni o‘ynay olamizmi?" — dedi Xerli.

Shotlandiyadagi Balmoral qal’asi qirollik oilasi uchun an’anaviy yozgi manzildir. Biroq bu yil qirolicha Yelizaveta II sog‘lig‘i yomonlashgani sababli u yerdan Londonga qaytib kela olmadi va 2022 yil 8 sentyabr kuni Bukingem saroyi uning vafoti haqida e’lon qildi.

2022 yil 19 sentyabr kuni shahzoda Jorj va malika Sharlotta buvisining dafn marosimida ishtirok etdi. Uels shahzodasi va malika o‘z farzandlari marosimda bo‘lishi kerakmi yoki yo‘qligini uzoq o‘yladi (qirollik oilasining boshqa farzandlari, masalan, kenja o‘g‘li Lui uyda qoldi).

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo