1 275
Germaniya safarbarlikdan qochgan rossiyaliklarga boshpana berishga tayyorligini bildirdi

Foto: Reuters
Germaniya safarbarlikdan qochgan rossiyaliklarga boshpana berishga tayyor. Bu haqda Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Fezer ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Putin rejimiga qarshi chiqqanlar» Germaniyadan boshpana olish uchun uchun ariza berishi mumkin.
«Qoidaga ko‘ra, shafqatsiz repressiya xavf solayotgan dezertirlar Germaniyada xalqaro himoya olishadi. Putin rejimiga mardlarcha qarshi chiqqan va shu sababli hayoti xavf ostida qolgan har bir odam siyosiy ta’qibga asoslanib Germaniyadan boshpana olish uchun ariza berishi mumkin», — dedi Fezer.
Vazirning aytishicha, Germaniya bir necha oydan buyon ta’qibga uchragan Rossiya rejimi tanqidchilarini qabul qilmoqda.
«Mazkur jarayon davomida tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda 438 kishini qabul qildik», — dedi Nensi Fazer.
Adliya vaziri Marko Bushman Twitter sahifasida «ko‘plab rossiyaliklar o‘z vatanini tark etishi»ni yozdi.
«Liberal demokratiyani sevadigan barchani Germaniyada ko‘rishdan xursandmiz», — deb yozdi u.
21 sentyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin qisman safarbarlik e’lon qildi.
Mamlakat mudofaa vaziri Sergey Shoyguning ma’lumot berishicha, harbiy safarbarlikka 300 ming kishi jalb etiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar