16:02 / 26.09.2022
1 282

Rossiyaliklar Qozog‘iston orqali boshqa mamlakatlarga chiqib ketishmoqda

Rossiyaliklar Qozog‘iston orqali boshqa mamlakatlarga chiqib ketishmoqda
Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi rossiyaliklarning migratsiya oqimi birinchi navbatda mamlakatning qo‘shnichilik va tranzit salohiyati bilan bog‘liqligini ma’lum qildi.

Ichki ishlar vazirligi Migratsiya qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi Aslan Atalikov Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasidagi quruqlikdagi chegara eng uzun — 7591 km ekanligini ta’kidladi.

«Ruslarning ko‘chish uchun bizning aeroportlarimizdan foydalanayotgni katta migratsiya oqimining sabablaridan biridir. Birgina sentyabr oyining so‘nggi kunlarida Qozog‘istonni 40 ming Rossiya fuqarosi tark etgan. Minglab odamlar Qozog‘iston orqali janubiy qo‘shnilar – Qirg‘iziston, O‘zbekistonga ketishdi. Deyarli 6000 nafari aeroportlar orqali uchib ketishdi», dedi Aslan Atalikov.

Umuman, yil boshidan buyon Qozog‘istonga 4 million 399 ming nafar xorijlik kirib kelgan, shundan:
- 1 million 700 ming Rossiya fuqarolari;
- 1,5 million O‘zbekiston fuqarolari;
- 547 ming Qirg‘iziston fuqarosi;
- 200 mingdan ortiq Tojikiston fuqarolari.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo